
24 noyabrda Ariane 6 raketasi Kuru kosmodromidan uchib, Amazon Leoʻning 36 sunʼiy yoʻldoshini koinotga olib chiqdi. Soʻnggi apparat taxminan ikki soatdan keyin ajralishi kutilgandi.

Verizon bosh direktori Den Shulman fikricha, AQShda Starlinkʼka raqobatchi mobil tarmoq yaratish SpaceXʼdan toʻrt-olti yil va qariyb $300 mlrd talab qiladi.

AT&T operatsion direktori Jeff Makelfresh AI-agentlar internet-trafik yoʻnalishini oʻzgartirayotganini aytdi: AQShda chiquvchi trafik yuklab olishdan tezroq oʻsmoqda.

SpaceX kuchliroq energiya tizimi va yaxshilangan sovitishga ega Starlink V4 yoʻldoshlarini ishlab chiqmoqda, biroq uchirish muddatlari va xususiyatlarini hozircha oshkor qilmayapti.

Uztelecom marketing departamenti direktori Jahongir Adilov The Mag jurnaliga bergan intervyusida milliy aloqa operatori nega elektromobillarni quvvatlashi, sugʻurta rasmiylashtirishi va usta topishga yordam berishi, kompaniya qaysi yoʻnalishlarga kirmasligi hamda telekommunikatsiya sohasi besh yildan keyin qanday boʻlishi haqida gapirdi.