
Leapmotor B10 Design LR elektr krossoveri Avstraliyaning Amber Electric V2G dasturiga qoʻshildi. Tegishli shartlarga rioya qilinganda, egalari batareya quvvatini uyga yoki elektr tarmogʻiga yoʻnaltirishlari mumkin.

Google Android Autoʻda Assistant oʻrniga Geminiʼni joriy qilmoqda. Ayrim avtomobillarda yangilanish hali paydo boʻlmagan, ammo u yaqin vaqt ichida kelishi kerak.

BYD Guanchjoudagi avtosalonda Whale modelini taqdim etdi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, minivenning elektr versiyasi CLTC sikli boʻyicha 900 km gacha yura oladi.

Xpeng Iron robotlarini 2027 yilning II choragida sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Kompaniya raisining oʻrinbosari Brayan Gu soʻzlariga koʻra, narx oʻrtacha elektromobil qiymatiga teng boʻlishi mumkin.

Porsche qalinligi oʻzgaradigan rulni tasvirladi: u avtomatik yoki qoʻlda yoʻgʻonlashishi, uzatma almashtirish kurakchalari esa tashqariga chiqishi mumkin.

Toʻliq elektr Zeekr 8X MIIT jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingan yangi roʻyxatga kiritildi. SUV ikkita dvigatelga ega boʻladi va 260 km/soatgacha tezlikka erisha oladi.