Antonelli: aerodinamik oʻzgarishlar jamoalarni deyarli noldan boshlashga majbur qiladi
Mercedes piloti Andrea Kimi Antonelli 2027-yilgi aerodinamika reglamenti oʻzgarishi pastga bosuvchi kuchni kamaytirib, bolidlar xatti-harakatini oʻzgartirishini kutmoqda.

Antonelli 2027-yilgi mavsum uchun aerodinamika reglamentiga kutilayotgan tuzatishlar oqibatlari haqida gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, jamoalar pastga bosuvchi kuch kamayishini qoplash uchun allaqachon ishlamoqda, biroq bolidlar xatti-harakati oʻzgaradi va aerodinamikani ishlab chiqishni koʻp jihatdan boshidan boshlashga toʻgʻri keladi.
Oʻzgarishlardan biri chiqarish tizimi ortidagi kichik qanotchadan foydalanishni taqiqlash boʻladi. Hajmi kichik boʻlishiga qaramay, bu detal pastga bosuvchi kuchni sezilarli darajada oshirgan. Bundan tashqari, pol ostidagi plankning old qismi qisqaradi.
Pilotning taʼkidlashicha, texnik reglament umuman olganda oʻzgarishsiz qoladi, ammo aerodinamik jihatdan bolidlar boshqacha boʻladi. Hozircha jamoalar bu oʻzgarish ularning bolidlari xatti-harakatiga aynan qanday taʼsir qilishini bilmaydi. Antonelli ayrim jamoalar pastga bosuvchi kuch yoʻqotilishini toʻliq qoplay oladi, boshqalari esa hatto uni oshirish yoʻlini topishi mumkinligini taxmin qildi.
Yana oʻqing

BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi
Avto10:20
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Avto26-noyabr, 17:03


