Tesla Cybercabʼni Starlink bilan oʻzgargan koʻrinishda ommaviy debyutga tayyorlamoqda
Tesla Starlink V5 terminali oʻrnatilgan Cybercabʼlarni dekabrda mijozlarga yetkazishga tayyorlamoqda. Texasdagi zavod suratlarida kuzov orqasidagi yangilangan panel koʻrinadi.

18-noyabrdagi Gigafactory Texas aerotasvirlarida Starlink V5 terminallari oʻrnatilgan oltinrang Cybercabʼlar qatorlari koʻrinadi. Orqa eshikdagi panel avval namoyish etilgan avtomobillardagiga qaraganda yassiroq boʻlib, kuzov chiziqlariga yaxshiroq moslashgan.
Tesla Starlink integratsiyasini ilk bor iyulda, jismoniy namunasini esa avgustda namoyish etdi. Sentabrdagi kadrlarda Cybercabʼda koʻzga tashlanadigan och rangli toʻgʻri toʻrtburchak qoplama bor edi, yangi partiyada esa qurilma avtomobilga singdirilgandek koʻrinadi.
Barcha avtomobillarning eshiklari va kuzovining orqa qismida yirik Cybercab logotiplari joylashtirilgan. Bu zavod oldida turgan avtomobillar dastlabki prototiplar emas, tayyor ishlab chiqarish avtomobillari ekanini tasdiqlaydi. Ayrimlari yakuniy yigʻuv zonalari va transport tirkamalari yonida turibdi, baʼzilari esa joʻnatishga tayyorlangan.
Panelning bir xil oʻrnatilgani keyingi qayta jihozlash emas, zavod moslamalaridan foydalanilganini koʻrsatadi. Qoplamaning toʻqroq rangi hozircha izohlanmagan: bunga issiqlik xususiyatlari, signal ishlashi, vizual belgilash yoki partiyalar oʻrtasidagi farqlar sabab boʻlishi mumkin. Starlink avtopark aloqasini, yoʻlovchilar uchun xizmatlarni va mobil signal zaif boʻlganda maʼlumotlarni zaxira uzatishni taʼminlashi kerak.
Yana oʻqing

BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi
Avto10:20
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Avto26-noyabr, 17:03


