Genesis kelajakdagi Magma sport modellari uchun gibrid kuch uzatmalarini koʻrib chiqmoqda
Genesis kompaniyasida dinamikaga urgʻu berilgan gibridlarni istiqbolli yoʻnalish deb atashdi va ularni boʻlajak Magma modellari, jumladan, G70 segmenti bilan bogʻlash mumkinligini istisno qilishmadi.

Genesis mahsulotlarini rejalashtirish direktori Esh Korson kuchli ichki yonuv dvigateliga ega gibridlar brendning sport modellari uchun asos boʻlishi mumkinligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday format avtomobil ishqibozlari uchun muhim boʻlgan kuch qurilmasining ovozi va undan olinadigan taassurotlarni saqlab qoladi.
Korson yoʻl avtomobillarining rivojlanishini Genesisʼning poyga dasturi bilan ham bogʻladi. WEC chempionatida brend 3,2 litrli V8 dvigatel va standart gibrid tizimga ega GMR-001 giperkari bilan qatnashmoqda. Kompaniya avtosport bilan aloqalar sport modellarining asl xususiyatlarini saqlab qolishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Magma qatorining kelajagi haqidagi savolga javob berar ekan, Korson gibrid kuch uzatmasiga ega sport yoʻltanlamasi bu yoʻnalishga juda mos kelishini taʼkidladi. Hozirda seriyaning yagona modeli — toʻliq elektrda ishlaydigan GV60 Magma boʻlib, u faqat AQShning 14 shtatida mavjud.
G70 sedani haqida gapirar ekan, direktor ushbu segmentni Genesis uchun muhim deb atadi: u yoshi kichikroq, turli xil va dinamikaga qiziqadigan xaridorlarni jalb qiladi. Uning baholashicha, bu segment va Magma brendi bir-biriga juda mos keladi. Qaysi model qatorning navbatdagi vakiliga aylanishi hozircha eʼlon qilinmagan, biroq Korsonning soʻzlariga qaraganda, kompaniya uni chiqarishni rejalashtirmoqda va ehtimol gibrid kuch uzatmasini tanlaydi.
Yana oʻqing

BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi
Avto10:20
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Avto26-noyabr, 17:03


