Amflow 132 km gacha yuradigan shahar elektrovelosipedlarini sota boshladi
DJIʼdan ajralib chiqqan kompaniya UE Carbon va UE Carbon Pro modellarini bozorga chiqardi. Narxlar €3 099 dan, Eco rejimidagi masofa 132 km gacha.

Har ikki model 125 Nm aylanish momentiga ega Avinox M2 yuritmasi va Eco rejimida 132 km gacha masofani taʼminlaydigan olinadigan batareya bilan jihozlangan. Toʻliq quvvatlash 2 soat 23 daqiqa davom etadi, biroq pedal bosishga koʻproq yordam berilsa, yurish masofasi qisqaradi. Eng yuqori quvvat va yordam darajasi mahalliy qoidalarga qarab dasturiy cheklanishi mumkin.
UE Carbon narxi €3 099 dan boshlanadi, Pro versiyasi esa €3 499 turadi. Velosipedlar shahar boʻylab yurishga moʻljallangan, ammo ruldagi ekran, smartfonni simsiz quvvatlash, Apple Watch orqali qulfni ochish va Find My integratsiyasi kabi odatda texnologikroq modellarda uchraydigan funksiyalarga ega. Tizimga puls oʻlchagichni ulab, yurak urish tezligi uchun maqsadli zonani belgilash mumkin.
Xavfsizlik uchun ichki gʻildirak qulfi va Amflow ilovasidagi Lost Mode rejimi mavjud. Velosiped oʻgʻirlansa, egasi yuritmani masofadan bloklay oladi. Jihozlar tarkibiga amortizatsion vilka, sozlanadigan oʻrindiq ustuni hamda old va orqa yukxonalar ham kiradi. Sotuv Amflow sayti va butun dunyodagi chakana hamkorlar orqali amalga oshirilmoqda.
Yana oʻqing

BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida ilk bor 900 km yurish zaxirasi bilan namoyish etildi
Avto10:20
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Avto26-noyabr, 17:03


