Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

Fang Cheng Bao buklanadigan rulga ega eng katta Tai 9 SUV modelini taqdim etdi

BYDʼning Fang Cheng Bao brendi Xitoyda flagman olti oʻrinli gibrid Tai 9 SUV modelini taqdim etdi. Uchta versiyaning narxi taxminan 39 000 dollardan boshlanadi.

20-noyabr, 12:29По-русски

Read in English

cnevpost.com

Tai 9 BYD DMS gibrid platformasidagi ilk model boʻlib, u DM-i, DM-p va DMO texnologiyalarini birlashtiradi. Avtomobil shahardagi safarlar, uzoq masofali sayohatlar va yengil yoʻldan tashqari harakatlanish uchun moʻljallangan.

Model salonda 2+2+2 oʻrindiqlar joylashuviga va ikkita elektr dvigatelli toʻliq yuritmaga ega. Ularning 1,5 litrli turbomotor bilan birgalikdagi quvvati 400 kVtni tashkil etadi, avtomobil esa 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada chiqadi. Sigʻimi 66,48 kVt·soat boʻlgan batareya CLTC sikli boʻyicha elektr tortishida 400 km gacha yurish imkonini beradi. WLTC sikli boʻyicha bu koʻrsatkich 310 kmni tashkil etadi.

Yuqori komplektatsiyada sim orqali boshqarish tizimiga ega buklanadigan rul oʻrnatilgan. U 180 darajaga buriladi va 10 soniyada yigʻilib, haydovchi oldidagi boʻsh joyni kengaytiradi. Oddiy rejimda rul D shaklini va fizik tugmalarini saqlab qoladi.

Barcha versiyalar lidar, Godʼs Eye B 5.0 haydovchiga yordam berish tizimi, DiSus-A kuzovni boshqarish tizimi hamda orqa gʻildiraklarni burish funksiyasi bilan jihozlangan. Trade-in subsidiyasi hisobga olinganda, boshlangʻich narx taxminan 39 000 dollargacha tushadi. Qimmatroq ikki versiya mos ravishda qariyb 42 000 va 47 000 dollar turadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media