Buyuk Britaniya biologik tahdidlarni aniqlash va oldini olish uchun sunʼiy intellekt laboratoriyasini ochadi
Hukumat tashabbus uchun qariyb 134 million dollar ajratadi; moliyalashtirish sxemasi kelgusi yil budjeti bilan birga taqdim etiladi
Buyuk Britaniyada xavfli infeksiyalarni erta aniqlash va ularning tarqalishini nazorat qilish uchun sunʼiy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi. Bu haqda Gʻaznachilik kansleri Jon Xili maʼlum qildi.
OpenAI va Anthropic tashabbusga qoʻshilib, loyiha uchun oʻzlarining eng yangi sunʼiy intellekt modellaridan foydalanish imkonini beradi. Yana qariyb 160 million dollar Sunʼiy intellekt xavfsizligi institutiga, 174 million dollar esa kiberhimoyani kuchaytirishga yoʻnaltirilishi rejalashtirilmoqda.



