Inklyuziv taʼlim: teng huquqlardan haqiqiy imkoniyatlargacha
Toʻlaqonli inklyuziya uchun pedagoglarga qoʻshimcha bilim va maxsus kompetensiyalar, oʻquvchilarga esa taʼlim jarayoniga faol qoʻshilish zarur

Tizimning asosiy tamoyillarini Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi inklyuziv taʼlim laboratoriyasi rahbari Munavvara Qurbonova taqdim etdi. Ular qatoriga kamsitishsiz tenglik, oʻquvchilar oʻrtasidagi farqlarni tan olish, ularning individual ehtiyojlarini hisobga olish, pedagoglar, ota-onalar va mutaxassislarning hamkorligi, insonning qadr-qimmati va mustaqilligini hurmat qilish kiradi.
Foydalanish uchun qulay, toʻsiqlarsiz inklyuziv muhit binolarga kirish, oʻquv materiallaridan foydalanish, axborot olish va muloqot jarayonidagi toʻsiqlarni bartaraf etishi kerak. Oʻqitish, topshiriqlar va baholash har bir oʻquvchining ehtiyojlariga moslashtirilib, uning qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berishi lozim.
2022 yilda Oʻzbekiston prezidenti Samarqanddagi koʻzi ojiz bolalar uchun maktab-internatga tashrif buyurganidan soʻng nogironligi boʻlgan bitiruvchilar uchun davlat organlarida munosib ish oʻrinlari yaratish zarurligini maʼlum qilgan. Hozirda bunday mutaxassislar qator vazirlik va idoralarda faoliyat yuritmoqda.
Yana oʻqing

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ochildi
Oʻqish29-oktabr, 16:25
Turkiy davlatlar xalqaro universiteti yagona akademik platformani shakllantirmoqda
Oʻqish28-oktabr, 12:38
