OpenAI GPT-6.1 Terraʼni taqdim etdi
GPT-6.1 Terra allaqachon API orqali ishlamoqda; ChatGPT Work va Codexʼda undan Plus, Pro, Enterprise va Edu foydalanuvchilari foydalanishi mumkin.

OpenAI Terraʼni matn, tasvirlar va kompyuter interfeyslari bilan ishlashga moʻljallangan modellar oilasiga qoʻshdi. Tizim texnik chizmalarni tushunadi, mahsulot fotosuratlarini kataloglar bilan taqqoslaydi, shakllarni toʻldiradi va ilovalarni boshqaradi. Kompaniya javoblar tabiiyroq boʻlganini, faktik xatolar soni esa kamayganini maʼlum qildi.
Agents’ Last Exam sinovida Terra oʻrtacha fikrlash rejimida avvalgi modeldan 15 foizga yaxshiroq natija koʻrsatib, topshiriqni bajarish xarajatini qariyb uch baravarga kamaytirdi. Maksimal rejimda model oilaning yuqori darajadagi vakillariga qaraganda topshiriqlarni ikki baravardan koʻproq tez bajaradi va vizual tushunishni tekshiradigan MMMU-Pro sinovida ularning natijasiga deyarli erishadi.
APIʼda bir millionta kirish tokeni $1, bir millionta chiqish tokeni $5, bir millionta keshlangan kirish tokeni esa $0,05 turadi. ChatGPTʼning standart versiyasida model taklif etilmaydi; unda noneʼdan maxʼgacha boʻlgan fikrlash rejimlari mavjud.



