Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ochildi
Forumda 40 dan ortiq davlat vakillari, taʼlim va fan vazirlari, qariyb 500 nafar rektor va oliy taʼlim muassasalarining boshqa rahbarlari, shuningdek, mingdan ziyod ekspert jam boʻldi.

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumining ishi boshlandi. Ochilish marosimida ishtirokchilarga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaati yetkazildi.
Murojaatda qariyb 85 million kishi istiqomat qiladigan mintaqaning asosiy resursi yoshlar ekani taʼkidlandi. Ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun mamlakatlar zamonaviy talablarga javob beradigan taʼlim va tarbiya tizimini takomillashtirishi zarur.
Belgilangan ustuvor yoʻnalishlar qatorida taʼlimning barcha bosqichlarini — maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimgacha — oʻzaro bogʻlash, mustaqil fikrlash va butun umr davomida taʼlim olish koʻnikmalarini qoʻllab-quvvatlash bor. Murojaatda, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarini ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirish hamda sifatli taʼlimni qizlar, olis hududlar aholisi va alohida taʼlim ehtiyojlariga ega yoshlar uchun yanada qulay qilish taklif etildi. Forum ishtirokchilari Markaziy Osiyoning yagona intellektual makonini shakllantirish boʻyicha tashabbuslarni ishlab chiqishi kutilmoqda.
Yana oʻqing

Turkiy davlatlar xalqaro universiteti yagona akademik platformani shakllantirmoqda
Oʻqish28-oktabr, 12:38
Samarqand davlat universitetida Markaziy Osiyo mamlakatlarining madaniy integratsiyasi muhokama qilindi
Oʻqish28-oktabr, 11:28
