Eng yirik kompaniyalar rahbarlari ishonchli hamkasblari davrasidan koʻmak izlamoqda
843 nafar rahbar ishtirokidagi tadqiqot shuni koʻrsatdiki: ularning 87 foizi biznes alyanslarini eng muhim tashqi aloqalar deb hisoblaydi, 47 foizi esa bosh direktorlarning norasmiy tarmoqlari muhimligini taʼkidlaydi
Oktyabr oyida Egon Zehnder rahbarlarning bozordagi oʻzgaruvchan sharoitlarga qanday moslashayotgani haqidagi hisobotini eʼlon qildi. Tadqiqotga koʻra, soʻrovda qatnashganlarning 87 foizi biznes alyanslarini eng muhim tashqi aloqalar deb hisoblaydi, 47 foizi esa bosh direktorlarning norasmiy tarmoqlari muhimligini qayd etadi.
Bunday aloqalar bozor oʻzgarishlaridan avvalroq xabardor boʻlish, hamkorlar topish hamda boshqa soha va mamlakatlardagi hamkasblar bilan murakkab masalalarni muhokama qilish imkonini beradi. Shuningdek, rahbarlar sunʼiy intellektga sarmoya kiritish, taʼminot zanjirlarini qayta qurish va yangi bozorlarga chiqish boʻyicha qarorlar qabul qilishda hamkasblarining tajribasiga tayanishi mumkin.
Noaniqlik kuchayib borayotgan bir paytda, tadqiqot ishtirokchilarining 62 foizi jahon iqtisodiyotida yangi silkinishlar yuz berishini kutmoqda, 30 foizi esa strategik alyanslar va hamkorliklar tuzishni rejalashtirmoqda.



