Apple Siri va Vision Pro jamoalaridagi shtatni qisqartirmoqda
Apple Siri va Vision Pro boʻlinmalarida xodimlarni ishdan boʻshatishni boshladi. Qisqartirishlar 200 dan ortiq kishiga taʼsir qiladi va kompaniyaning sunʼiy intellekt hamda yangi qurilmalarga eʼtiborini qayta yoʻnaltirishi bilan bogʻliq.

Vision Pro boʻlinmasida qariyb 100 ta lavozim qisqartiriladi, yana taxminan 100 tasi Siri va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish jamoalariga toʻgʻri keladi. Kompaniya bayonotiga koʻra, tugatilgan lavozimlarning bir qismi oʻrnida yangi lavozimlar paydo boʻladi. Ishdan boʻshatilgan xodimlarga oʻtish davrida yordam hamda boshqa boʻlinmalarga oʻtish imkoniyati taklif etiladi.
Qayta tashkil etish doirasida Apple Vision Pro uchun oʻyinlar yaratgan jamoani deyarli toʻliq yopmoqda va immersiv video boʻlinmasidagi shtatni qisqartirmoqda. Manbalarga koʻra, bunday kontentning bitta epizodini ishlab chiqarish bir necha million dollarga tushadi, biroq garnituradan faol foydalanadiganlar soni kam boʻlgani sababli xarajatlar oʻzini oqlamay qoʻygan.
Siri jamoasidagi qisqartirishlar yangi arxitekturaga asoslangan yordamchining sunʼiy intellekt versiyasini tayyorlash bilan bogʻliq. U boshqa kasbiy koʻnikmalarni talab qiladi. Vision Pro 2024-yil fevralida 3699 dollar narxda chiqarilgan, biroq yuqori narxi va hajmdor tuzilishi sababli ommaviy mahsulotga aylana olmadi.
Yana oʻqing

Andijon viloyatida yosh shifokorlarni ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
Karyera16:11
100 dan ortiq tashkilot yoshlarga 1 200 dan ziyod boʻsh ish oʻrni va stajirovkani taklif qildi
Karyera15:33
