Sunʼiy intellekt startapi Cathedral 12 soat ichida Anthropic tizimlariga hujum qildi
Anthropic Cathedral savdo, xodimlar va IT infratuzilmasi haqidagi maʼlumotlarga cheklangan darajada kirish imkoniga ega boʻlganini tasdiqladi

Cathedral kompaniyalar maʼmuriy va tijoriy vazifalar uchun foydalanadigan dasturiy taʼminotdagi zaifliklardan foydalangan. Mutaxassislar uchrashuvlar stenogrammalari, ish haqlari va boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, ilgʻor sunʼiy intellekt modellari haqidagi Slack xabarlarini qoʻlga kiritgan.
Anthropic mijozlarning sunʼiy intellekt modellari bilan yozishmalari va manba kodi mavjud boʻlmaganini, ularga kirish imkoni qolmaganini bildirdi. Monitoring tizimi Cathedralning ayrim harakatlarini startap kirishga uringanini maʼlum qilishidan oldin aniqlagan.
Cathedraldagi vaziyatdan xabardor manbaning aytishicha, tadqiqotchilar bunday harakatga AQShdagi yetakchi sunʼiy intellekt ishlab chiquvchilarining xavfsizlik muammolariga eʼtibor qaratish istagi sabab boʻlgan.
Cathedral korporativ mijozlar uchun kiberxavfsizlikka oid sunʼiy intellekt vositalarini yaratadi. Startapga DOGEning sobiq xodimlari asos solgan.



