Andijon viloyatida yosh shifokorlarni ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
Rahbarlarga qoʻshimcha tekshiruv talab etiladigan murojaatlarni atroflicha koʻrib chiqish topshirildi; topshiriqlar ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

gov.uz — gov.uz
Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari viloyat hokimi Shuxratbek Abdurahmonov bilan ochiq muloqot shaklida uchrashdi.
Uchrashuv ishtirokchilari yosh mutaxassislarning bandligi, olgan mutaxassisligi boʻyicha ishlashi hamda tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash masalalarini koʻrib chiqdi.
Shuningdek, viloyatning chekka tumanlarida shifokorlar yetishmasligi va yosh mutaxassislarning ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar haqida soʻz yuritildi. Bir nechta murojaatga uchrashuvning oʻzidayoq yechim topildi.



