Juma, 30-oktabr 2026-yil
Karyera, koʻnikmalar, oʻsish
Oʻz biznesi

Anadolu Group oʻz savdo tarmogʻini Oʻzbekiston bozoriga olib chiqishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anadolu Group direktorlar kengashi raisi Kamilhan Suleyman Yaziji bilan xoldingga qarashli chakana savdo tarmogʻining mamlakat bozoriga kirib kelishi ehtimolini muhokama qildi. Tomonlar, shuningdek, avtomobilsozlik, chorvachilik hamda goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini koʻrib chiqdi.

Muharrir: Дмитрий30-oktabr, 17:12По-русски
president.uz — Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Uchrashuvda Samarqanddagi SamAuto korxonasini modernizatsiya qilishga qoʻshimcha investitsiyalar kiritish, uning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahsulot eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Anadolu Group Oʻzbekistonda salqin ichimliklar ishlab chiqarish va avtomobilsozlikka allaqachon mablagʻ kiritgan. Shuningdek, chorvachilik majmuasini qurish hamda goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.

Yana oʻqing