Milliarder Mark Kyuban faoliyatining boshida oyiga 400 dollar bilan qanday yashaganini soʻzlab berdi
Tadbirkor 24 yoshida besh nafar qoʻshnisi bilan ijaradagi kvartirani boʻlishib yashagani va hamma narsani tejaganini esladi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday yondashuv unga oʻz biznesini boshlashga yordam bergan.

Bugun koʻp million dollarlik aktivlarga ega boʻlgan Mark Kyuban X ijtimoiy tarmogʻida muvaffaqiyatga erishishidan oldingi hayoti haqida soʻzlab berdi. U 24 yoshida Dallas shahrida besh nafar qoʻshnisi bilan birga kvartira ijaraga olgan. 2026-yil pullariga qayta hisoblaganda, ijara haqidagi uning ulushi taxminan 400 dollarni tashkil etgan.
Kvartira The Village turar joy majmuasida joylashgan boʻlib, unda uchta yotoqxona, ikkita hammom va taxminan 125 kvadrat metr maydon bor edi. Kyuban birga yashash unga noqulaylik tugʻdirmaganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, barcha qoʻshnilarning moliyaviy ahvoli deyarli bir xil boʻlgan.
Tadbirkor 2013-yilda Forbes jurnaliga bergan intervyusida ham dastlab uning na karavoti, na shkafi, na komodi boʻlganini aytgan — u polda uxlagan, kiyimlarini esa xonaning burchagida saqlagan.
Kyuban tejamkorligini faoliyatining shakllanish davri va oʻzining ilk kompaniyasi — MicroSolutionsʼni ishga tushirishi bilan bogʻlaydi. U, shuningdek, soatiga 2,15 dollar maosh olgan barmenlik ishini va arzon mahsulotlar bilan kun kechirganini eslaydi.
Bugun tadbirkor X platformasida martaba, moliyaviy intizom va kasbiy oʻsish imkoniyatlarini izlash boʻyicha maslahatlarini muntazam ulashadi.
Yana oʻqing

Apple Siri va Vision Pro jamoalaridagi shtatni qisqartirmoqda
Karyera30-oktabr, 16:52
Andijon viloyatida yosh shifokorlarni ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
Karyera30-oktabr, 16:11
