Nega kuchli neyron tarmoq AI-botning sifatli ishlashini kafolatlamaydi
U-BSS bosh direktori Pavel Popov kuchli til modeli mijozlarga xizmat koʻrsatish muammolarini nega hal qilmasligini tushuntirdi: nosozliklar arxitektura, xotira va nazorat bilan bogʻliq.

Popovning soʻzlariga koʻra, muvaffaqiyatli namoyish va botning real sharoitdagi ishlashi oʻrtasidagi tafovut odatda model tanloviga bogʻliq boʻlmaydi. Bitta tizim bir vaqtning oʻzida soʻrovni tushunishga, maʼlumot topishga, amalni bajarishga va natijani tekshirishga urinadi, biroq kontekstni saqlamaydi va oʻz qarorlarini tushuntirmaydi.
Gartner prognoziga koʻra, 2029 yilga borib agentli sunʼiy intellekt odatiy murojaatlarning 80 foizini mustaqil qayta ishlay oladi. Shu bilan birga, bunday loyihalarning 40 foizdan koʻprogʻi xarajatlar, biznes uchun foydaning noaniqligi va xatarlar ustidan nazoratning yetarli emasligi sababli 2027 yil oxirigacha toʻxtatilishi mumkin.
Tizim barqaror ishlashi uchun komponentlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, manbalari koʻrsatilgan bilimlar bazasi, bajariladigan qadamlar soniga cheklovlar, javob va moliyaviy operatsiyani tekshirishning turli darajalari, shuningdek, sifat va xarajatlarni doimiy nazorat qilish kerak.
Popovning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda tizimni mijozlarning oʻzbek va rus tillari oʻrtasida almashishi, shuningdek, lotin yozuvi bilan kirill yozuvining aralashib ketishi yanada murakkablashtiradi. «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi qonun mamlakat fuqarolarining maʼlumotlarini jismonan Oʻzbekistonda joylashgan texnik vositalarda saqlashni ham talab qiladi. Shu sababli arxitektura tanlashda bu cheklovni hisobga olish muhim.
Yana oʻqing

Google ilk bor orbitada ishlagan sunʼiy intellekt natijasini oldi
SI va ish1-noyabr, 14:04
Oʻzbekiston davlat xaridlarini sunʼiy intellekt qanday tekshiradi
SI va ish30-oktabr, 17:55
