Google AI ishlatmaydigan maktablarda Searchʼni butunlay oʻchiradi
Google maktab maʼmurlari AI xizmatlarini yoqmasa, K–12 oʻquvchilari akkauntlarida Searchʼni oʻchiradi. Bunday maktablarda qidiruv mavjud emasligi haqida bildirishnoma paydo boʻladi.

Maktab maʼmurlari ularni oʻzlari yoqmaguncha, K–12 oʻquvchilari akkauntlarida Gemini, Gemini Notebook, Gemini in Classroom va Google Searchʼdan foydalanish butunlay yopiladi. AI funksiyalarini alohida oʻchirib, Searchʼni saqlab qolish mumkin emas.
Googleʼning taʼlim boʻyicha vitse-prezidenti Kris Fillips buni Search va AI bir-biri bilan chambarchas bogʻliq ekani bilan izohladi. AI vositalaridan foydalanishdan voz kechgan maktablar oʻquvchilari qidiruv mavjud emasligi haqidagi xabarni koʻradi.
Google, shuningdek, oʻquvchilar uchun Searchʼga Guided Learning funksiyasini joriy qilmoqda: u tayyor javobni koʻrsatish oʻrniga, masalalarni bosqichma-bosqich tushunishga yordam beradi. Sinovlar shu oyning oxirrogʻida AQShdagi ayrim maktablarda boshlanadi.





