Binanceʼdan 6,3 mlrd dollar qanday oʻgʻirlandi: hujum tafsilotlari
Kriptobirja 29-oktabr kuni taxminan 6,34 mlrd dollar oʻgʻirlangani haqida dastlabki hisobotni eʼlon qildi va xakerlarning tizimga kirishining taxminiy yoʻlini oshkor qildi.

Birjaning dastlabki hujjatiga koʻra, hujumga tayyorgarlik qariyb besh oy davom etgan. Iyun oyida bir xodim macOS uchun Homebrew dasturi niqobidagi zararli faylni yuklab olgan. Sentabrda esa boshqa bir xodim suhbat chogʻida berilgan soxta test topshirigʻi orqali zararli kodni olgan.
Buzib kirilgan kompyuterga kirish huquqini qoʻlga kiritgan hujumchilar 20-oktabr kuni kompaniyaning ichki sunʼiy intellekt vositasidan foydalanib, tizimga zararli dasturlarni joriy qilgan. Toʻqqiz kundan soʻng birjadan taxminan 6,34 mlrd dollarlik kriptovalyuta chiqarib olingan.
Hodisadan keyingi besh kun ichida oʻgʻirlangan mablagʻlarning qariyb 2,85 mlrd dollarini muzlatishga muvaffaq boʻlindi.





