Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi va EUROUZ memorandum imzoladi
Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi va EUROUZ Yevropa biznesi bilan aloqalarni kengaytirish hamda investitsiyalarni jalb etish uchun memorandum imzoladi.

Kelishuv ishtirokchilari Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi va Yevropa-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) boʻldi. Memorandum davlat organlari va biznes oʻrtasidagi hamkorlikni, shuningdek, Oʻzbekiston bozoriga kirib kelayotgan Yevropa kompaniyalariga koʻmaklashishni nazarda tutadi.
Rejalarga qoʻshma biznes uchrashuvlari oʻtkazish, tadbirkorlar delegatsiyalarining safarlarini tashkil etish, bozorlar haqidagi maʼlumotlar va tajriba almashish kiradi. Tomonlar, shuningdek, Yevropa kompaniyalari va oʻzbekistonlik hamkorlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash niyatida.
Yana oʻqing

Shopify aksiyalari tushum va savdo hajmi prognozdan ortda qolgach, 8,74% tushdi
Oʻz biznesi16:00
Oʻzbekiston aholisi tovarlarni internet orqali tobora faolroq sotib olib, sotmoqda
Oʻz biznesi12:37


