Oʻzbekiston texnikumlari oʻquvchilari 2026-yildan Work and Travel dasturida qatnasha oladi
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston texnikumlari oʻquvchilari Work and Travel dasturida qatnasha oladi. Safar uchun ularga transport va boshqa xarajatlarni qoplashga moʻljallangan qarzlar ajratiladi.

Bu imkoniyat Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-son qarori bilan belgilangan. U oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlari boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchilarga taalluqli.
Ishtirokchilar Work and Travel dasturi orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga borishi mumkin boʻladi. Chet elga safar bilan bogʻliq xarajatlarni, jumladan transport xarajatlarini qoplash uchun qarzlar ajratish nazarda tutilgan.
Qarorda professional taʼlimni boshqarishning EMIS RT axborot tizimini kengaytirish ham koʻzda tutilgan. Tizimga texnikumlar haqidagi maʼlumotlar — ularning nomlari, manzillari va kodlari — shuningdek, kasb va mutaxassisliklar, taʼlim shakllari va bosqichlari, oʻquvchilarning maqomi hamda oʻzlashtirishi haqidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Migratsiya agentligi har yili 1-martgacha xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzish choralarini koʻradi. Bu kelishuvlar texnikumlar oʻquvchilarining xorijdagi ishlash va sayohat dasturlarida ishtirokini tashkil etish uchun zarur.
Yana oʻqing

Onodera Group Oʻzbekiston fuqarolarini Yaponiyada ishlashga tayyorlashga yordam beradi
Xorijda3-noyabr, 11:45
Oʻzbekistonda barcha hududlarda yagona migratsiya markazlari tashkil etiladi
Xorijda2-noyabr, 18:02


