Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Payshanba, 5-noyabr 2026-yil
Oʻsish texnologiyalari
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻqish

Oʻzbekiston FVV Akademiyasi Vengriya universiteti bilan mutaxassislar tayyorlash masalasini muhokama qildi

Oʻzbekiston FVV Akademiyasi va Obuda universiteti mutaxassislar tayyorlash, akademik mobillik hamda tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.

5-noyabr, 11:22По-русски
Академия МЧС Узбекистана

Vengriya tomoni bilan muzokaralar kun tartibidan professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalari oʻrin oldi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻzaro anglashuv memorandumi tuzish imkoniyatini koʻrib chiqdilar.

Suhbat davomida Akademiya tinglovchilarini Obuda universitetining muhandislik fakultetida oʻqitish hamda xorijiy professorlarni Oʻzbekistonda dars berish uchun taklif etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni boshqarish, ofatlar xavfini kamaytirish, yongʻin xavfsizligi, qutqaruv operatsiyalari va fuqaro muhofazasi boʻyicha zamonaviy taʼlim dasturlarini koʻrib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida Obuda universiteti rektori maslahatchisi Nemet Antalga Akademiyaning esdalik nishoni topshirildi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirishga qiziqishlari borligini tasdiqladilar. Kutilishicha, bu hamkorlik xalqaro tajriba almashish va aholini muhofaza qilish sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish imkonini beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing