UNICON.UZ Shanxayda Xitoy bilan elektron hujjat aylanishini muhokama qildi
Shanxaydagi Global Data Ecosystem Forumʼda UNICON.UZ va SHECA Oʻzbekiston–Xitoy hamkorligining elektron hujjat aylanishi hamda elektron imzolarni oʻzaro tan olishga oid masalalarini muhokama qildi.
5-noyabr, 10:08По-русски

UNICON.UZ va Shanghai Electronic Certification Authority vakillari transchegaraviy elektron hujjat aylanishi hamda elektron raqamli imzolar sohasidagi ikki tomonlama tashabbuslarning navbatdagi bosqichlarini koʻrib chiqdilar.
Qozogʻiston, Rossiya va Qirgʻizistonning tegishli tashkilotlari bilan alohida ishchi muzokaralar ham oʻtkazildi. Ishtirokchilar oʻxshash tashabbuslarning borishi va transchegaraviy ishonchli elektron xizmatlar sohasidagi keyingi xalqaro hamkorlikni muhokama qildilar.
Yana oʻqing

Uztelecom operatori qanday qilib raqamli ekotizimga aylanayotgani haqida soʻzlab berdi
Oʻz biznesi13:20
Shopify aksiyalari tushum va savdo hajmi prognozdan ortda qolgach, 8,74% tushdi
Oʻz biznesi4-noyabr, 16:00


