Market Yandex Go Oʻzbekistondan chiqmoqda: xaridorlar uchun nimalar oʻzgaradi
Market Yandex Go 10 noyabrgacha ishlaydi. Shundan soʻng Yandex Uzbekistan Lavka va “Magazinlar” orqali ekspress yetkazib berishga eʼtibor qaratadi.

Market vitrinasida 10 noyabrgacha yaratilgan buyurtmalarni kompaniya bajarib, yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Qoʻllab-quvvatlash xizmati ham mijozlar va hamkorlarga maslahat berishda davom etadi.
Shundan keyin ham Yandex Go orqali oziq-ovqat, elektronika, kosmetika, uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa toifadagi mahsulotlarni xarid qilish mumkin boʻladi. Buyurtmalarni olish 15 daqiqadan boshlanadi: ekspress yetkazib berish Lavka va “Magazinlar” xizmatlarida mavjud boʻladi.
Bunday formatga qiziqqan Market hamkorlariga Yandex ushbu yoʻnalishlar bilan hamkorlik qilishni taklif qilmoqda. Kompaniya ikki xizmatda ham buyurtmalar soni 2025-yilga nisbatan uch baravar oshganini qayd etdi. “Magazinlar” hamkorlik tarmogʻi deyarli ikki baravarga kengayib, 500 ta ishtirokchiga yetdi.
Lavka Oʻzbekistonda 2024-yil kuzida ish boshlagan. Hozir tarmoqda 10 ta darkstor bor, ularda oʻz savdo markalari ostidagi 100 dan ortiq mahsulot sotiladi.
Market Yandex Go mamlakatda 2025-yil aprelida ish boshlagan. Loyiha uchun Yandex Toshkent viloyatining Zangiota tumanida maydoni 9 ming kvadrat metr boʻlgan ombor qurdi. Dastlab marketplace Toshkent va viloyatning bir qismini qamrab olgan, biroq 2025-yil yozida yana yetti hududda ish boshladi — hududlar soni jami toʻqqiztaga yetdi.
Yana oʻqing

Agility Robotics gumanoid robotlarini birjaga olib chiqmoqda — Uoll-stritda ilk bor
Oʻz biznesi14:35
Uztelecom operatori qanday qilib raqamli ekotizimga aylanayotgani haqida soʻzlab berdi
Oʻz biznesi5-noyabr, 13:20


