Oʻzbekiston BMTning korrupsiyaga qarshi ekspertlar yigʻilishlarida qatnashmoqda
Oʻzbekiston delegatsiyasi Venadagi BMTning ikki yigʻilishida xalqaro hamkorlik, huquqiy yordam va jinoiy aktivlarni qaytarishni muhokama qilmoqda.

6 noyabr kuni Venada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha Ochiq tarkibli ekspertlar guruhining 15-yigʻilishi va Aktivlarni qaytarish boʻyicha Hukumatlararo ishchi guruhning 20-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Ular BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi doirasida tashkil etilgan.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga Bosh prokuratura Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshligʻi Rustam Giyasov rahbarlik qilmoqda. Ishtirokchilar konvensiya qoidalarining bajarilishi, jinoyat ishlari boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam, shuningdek, jinoiy yoʻl bilan olingan aktivlarni aniqlash, xatlash, musodara qilish va qaytarish masalalarini muhokama qilmoqda.
Bosh prokuratura vakillari Latviya, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar delegatsiyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazmoqda. Muzokaralarda huquqiy yordam koʻrsatish va noqonuniy yoʻl bilan olingan aktivlarni qaytarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqilmoqda.
Yana oʻqing

Vashingtonda Oʻzbekistonning Business Diplomat bilan hamkorligi muhokama qilindi
Xorijda10:23
Oʻzbekiston va Yaponiya ishga joylashish uchun kadrlar tayyorlashni muhokama qildi
Xorijda5-noyabr, 12:04


