AQShdagi TikTok Shop Xitoyda ishlash tajribasiga ega rahbarlar boshqaruviga oʻtdi
AQShdagi TikTok Shop operatsiyalarini Douyinning elektron tijorat boʻyicha sobiq rahbari Mu Qing boshqarmoqda. Tovar toifalari boʻyicha yetti rahbarning oltitasi avval Xitoyda ishlagan.

Business Insider nashrga taqdim etilgan tashkiliy tuzilma sxemasi va kompaniya xodimlari bilan suhbatlar asosida TikTok Shopʼning AQShdagi boʻlinmasi tuzilmasini tikladi. Qing TikTokʼning bosh kompaniyasi — ByteDanceʼda elektron tijorat yoʻnalishiga rahbarlik qiluvchi Bob Kanʼga boʻysunadi.
AQShdagi tovar toifalari boʻyicha yetti rahbarning oltitasi bundan avval ByteDance yoki boshqa kompaniyalarda Xitoyda ishlagan. AQShdagi TikTok Shop kontent yaratuvchilari uchun masʼul jamoa rahbari esa ilgari Douyinda xuddi shu yoʻnalishga boshchilik qilgan.
TikTok Shop AQShda 2023-yilda ishga tushirilgan. Xizmat savdo videolarini eʼlon qiladigan va jonli efirlar oʻtkazadigan minglab brendlar hamda inflyuenserlarni jalb qildi. Dastlab AQShdagi operatsiyalarni asosan Amazon va boshqa AQSh kompaniyalarida ishlash tajribasiga ega rahbarlar boshqargan.
Bir necha qayta tashkil etish, ish faoliyatini qayta koʻrib chiqish jarayonlari va xodimlarning oʻz xohishiga koʻra ketishlaridan soʻng boʻlinma asosan Xitoy elektron tijoratida tajribaga ega rahbarlar boshqaruviga oʻtdi. TikTok vakili Shopʼning AQShdagi rahbariyat jamoasi bir yildan koʻproq vaqt davomida deyarli oʻzgarmaganini, butun tashkilot esa turli hajmdagi AQSh kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratayotganini aytdi.
Yana oʻqing

Nscale IPO prospektini yangiladi: zarar oshgani koʻrsatildi
Oʻz biznesi13-noyabr, 15:59
Bain Capital koʻchmas mulk boʻlimi rahbari fond strategiyasini tushuntirdi
Oʻz biznesi13-noyabr, 09:35


