Anthropic IPOga tayyorlanayotgan ayni paytda venchur bozoridagi yoriqlar koʻrina boshlamoqda
Anthropic kelasi haftadayoq birjaga chiqishga tayyorlanmoqda, biroq venchur bozori bosim ostida: $5 mlrd bahoga 80% tezroq erishilmoqda, kapital esa 74% koʻproq sarflanmoqda.

PitchBookʼning yangi maʼlumotlari startaplar bahosi oʻsishi bilan investorlarning ulardan chiqishda foyda olish imkoniyati oʻrtasidagi tafovutni koʻrsatmoqda. Yuqori baholar foydali bitimlar uchun mezonni oshiradi, sunʼiy intellektni ishlab chiqish va unga xizmat koʻrsatish esa qimmatga tushadi.
PitchBook katta tahlilchisi Emily Zheng, shuningdek, sunʼiy intellekt bilan bogʻliq yirik qarzlar hamda soʻnggi saylovlar fonida maʼlumotlar markazlarini kengaytirish surʼatlari sekinlashishi mumkinligiga eʼtibor qaratdi. Uning baholashicha, SpaceX va Anthropic kabi oz sonli kompaniyalardan tashqari, IPO uchun imkoniyat oynasi yopiq qolmoqda.
2026-yilda aksariyat joylashtirishlar sogʻliqni saqlash sohasidagi kompaniyalarga toʻgʻri keldi. Eng yirik IPOlarni hisobga olmaganda, kompaniyalardan chiqishlar qiymati pandemiya boshidan beri saqlanib kelayotgan cheklangan darajada qolmoqda. Kompaniyalarni sotib olish hali ham amaliy variant, biroq bunday bitimlarda baholar koʻpincha pasayadi: masalan, Airtable 2021-yildagi $11,7 mlrd choʻqqi qiymatiga nisbatan, $1,28 mlrd naqd pulga sotib olingan.
Yuqori foiz stavkalari, qimmat kompaniyalar, past likvidlik va sekin chiqishlar hozirgi sharoitlarda tuzilgan fondlarga bosim qilmoqda. Tarixiy maʼlumotlar avvalgi fondlar yuqori stavkalar sharoitida har doim ham muvaffaqiyatli ishlamaganini koʻrsatadi. Joriy fondlarning kelajakdagi natijalari esa ularning hozirgi baholaridan past boʻlishi mumkin.
Anthropicʼning birjaga chiqqanidan keyingi natijasi bozor uchun signal boʻladi. Kuchli dinamika sunʼiy intellekt kompaniyalarining yuqori xususiy baholarini tasdiqlashi va bitimlarni jonlantirishi mumkin, zaif natija esa bu kompaniyalar ortiqcha baholangan degan shubhalarni kuchaytiradi.





