OATs maishiy buyumlarni inson harakatlariga munosabat bildiradigan AI uy hayvonlariga aylantiradi
Karnegi Mellon universiteti aspiranti Daehwa Kim OATs — maishiy buyumlar uchun AI-avatarlarni yaratdi. Loyiha ACM simpoziumida taqdim etildi, unda Kim Honorable Mention nominatsiyasida ikkita mukofot oldi.

OATs — buyumlarga ulanib, sensorlardan keladigan maʼlumotlarga munosabat bildiradigan, E Ink displeyli kichik AI-agentlar. Masalan, oʻsimlik avatari namlik yetishmaganda xafa boʻladi, sugʻorilgandan keyin esa quvonadi.
Tizim namlik, harorat, yorugʻlik darajasi, harakat va mavjudlikni kuzatadi. Asosiy modulning narxi taxminan $20. Foydalanuvchi veb-portal orqali sensorlarni tanlaydi va obyektni tasvirlaydi, hissiyotlarni ifodalovchi tasvirlar esa Google Gemini Nano Banana xizmati yordamida yaratiladi.
Kim OATs qurilmalarini bir necha kishiga tarqatdi. Ulardan buyum ishlayotganini koʻrish, uning yonidagi xavf haqida ogohlantirish va oʻz odatlarini kuzatish uchun foydalanishdi: masalan, gantelga oʻrnatilgan avatar mashgʻulotlar haqida eslatib turdi.
Loyiha hozircha namoyish bosqichida qolmoqda: batareya taxminan uch-toʻrt kunga yetadi, tovush darajasi sensori bilan esa atigi bir sutka ishlaydi. Qurilma USB-C orqali quvvatlanadi. Kim toʻplamlarni sotish-sotmaslikka hali qaror qilmagan. U oʻzaro aloqani faqat hissiyotlar va ekran bilan chekladi, chunki AIʼni insoniylashtirish xatti-harakatni oʻzgartirishga yordam berishi mumkin, biroq ehtiyotkorlikni talab qiladi.





