BepiColombo apparati Merkuriy orbitasiga chiqdi
Koʻp yillik parvozdan soʻng BepiColombo Merkuriy orbitasiga chiqdi, deya xabar berdi ESA. U sayyora orbitasidan maʼlumot toʻplaydigan ikkinchi apparat boʻldi.

BepiColombo 2018-yilda uchirilgan. Apparat Yevropa va Yaponiya tomonidan yaratilgan ikki orbital moduldan iborat; taxminan 18 kundan soʻng ular ajralib, Merkuriy tadqiqotini alohida davom ettirishi kerak.
Missiya sayyora yuzasining tarkibi va ichki tuzilishi, uning geologik tarixi hamda magnit maydonini oʻrganadi. Olimlar, shuningdek, magnit maydonning quyosh shamoli bilan oʻzaro taʼsirini tekshiradi, qutbiy hududlarda vodorod saqlovchi birikmalar va suv muzining qanchalik keng tarqalganini aniqlaydi. Modullar Quyosh yaqinidagi oʻta yuqori harorat sharoitida — Merkuriy magnit maydoni chegaralaridan uning temir yadrosigacha — ishlashga moʻljallangan.
Avval Merkuriy orbitasiga chiqqan birinchi apparat 2011–2015-yillarda u yerda ishlagan Messenger edi. Ungacha Mariner 10 1974–1975-yillarda sayyora yonidan uch marta oʻtgan.





