Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Huaweiʼning boʻlajak nova Flip modeli keng form-faktorga oʻtishi mumkin

Insayderga koʻra, Huawei kelasi yili nova Flip qatorini keng formatli, 6,3 dyuymli ixcham buklanadigan smartfon bilan yangilashi mumkin.

14-noyabr, 16:38По-русски

Read in English

gsmarena.com

Oʻtgan yil oktabrida Huawei Xitoyda nova Flip S modelini taqdim etgan edi. U avvalgi modeldan konstruksiyasi bilan emas, ranglari, arzonroq narxi va chipseti bilan farq qilgan.

Weiboʻdagi insayderning aytishicha, keyingi model Kirin 9 seriyasiga mansub chipset olishi mumkin. Uning aniq versiyasi hozircha maʼlum qilinmagan. Bu nova Flip Sʼdagi Kirin 8030’ga nisbatan sezilarli yangilanish boʻlardi.

Kutilayotgan qurilmaning ichki ekrani diagonali 6,3 dyuymni tashkil etadi. Buklanadigan Huawei Pura X displeyi biroz kattaroq — 6,39 dyuym, uning tomonlar nisbati esa 16:10 ga teng.

Iyul oyida Digital Chat Station insayderi ham kelasi yili keng korpusli yangi ixcham buklanadigan smartfon chiqishi haqida aytgandi. Oʻshanda gap Pura Xʼning davomchisi haqida ketayotgani taxmin qilingan. Endi bunday model nova Flip boʻlishi mumkin — yoki Huawei ikkala qurilmani ham chiqaradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media