Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

AQSh prokurorlari: OpenAI muhandisi suhbatlarni yashirincha yozib olish uchun Codexdan foydalangan

AQSh prokurorlari OpenAI muhandisi Abdulrahman Alfozan uchrashuvlarni yashirincha yozib olish uchun qurilmani takomillashtirish va Dropboxʼdagi fayllarni tartibga solishda Codexdan foydalanganini maʼlum qildi.

25-noyabr, 17:32По-русски

Read in English

businessinsider.com

Prokuratura sudga kiritgan arizada Alfozan ovozni tanish funksiyasini qoʻshib, yozuv qurilmasini oʻzgartirgani aytiladi. Tergov versiyasiga koʻra, u buning uchun Codexdan rafiqasining akkaunti orqali foydalangan, yozuvlarni esa Dropboxʼda saqlab, tartibga solgan. Qurilma OpenAI tomonidan muzokaralar xonasidagi televizor ortidan topilgan qurilma bilan bir xil turda boʻlgan.

Alfozan 9 oktabr kuni hibsga olinib, ogʻzaki suhbatlarni noqonuniy ushlab qolishda ayblandi. U aybini tan olmadi, sud esa qochib ketish xavfi bor deb hisoblab, uni hibsda qoldirdi. Himoya tomoni muhandisni 1 mln dollar garov evaziga ozod qilishni soʻramoqda va prokurorlar josuslik yoki tijorat sirini oʻgʻirlashni oʻz ichiga olgan ogʻirroq ayblovlar uchun hozircha dalillar taqdim etmaganini taʼkidlamoqda.

Tergov maʼlumotiga koʻra, Alfozanning telefonidan OpenAIʼning boshqa kompaniya bilan strategik hamkorligi haqidagi «MAXFIY» belgisi qoʻyilgan hujjat surati topilgan. Uning kompyuterida sentyabr oyida ofisdagi suhbatlarning oʻnlab audioyozuvlari aniqlangan. Ular orasida ehtimol tijorat siriga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan materiallar muhokama qilingan uchrashuvlar ham bor. Shuningdek, tergovchilar er-xotindan olib qoʻyilgan beshta qurilma, OpenAI ofisidagi yozuvlar va videolarni oʻrganmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media