Universitet kutubxonalarini raqamli transformatsiya qilish strategiyasi muhokama qilindi
Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi vakillari oliy taʼlim muassasalari kutubxonalarini modernizatsiya qilish hamda yagona milliy ilmiy-axborot tarmogʻini rivojlantirishni muhokama qildi.
13-noyabr, 17:40По-русски

gov.uz
Konferensiyada elektron axborot-resurs tizimlarini rivojlantirish va ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ishtirokchilar yagona milliy ilmiy-axborot tarmogʻini shakllantirish masalasini ham muhokama qildi. Uchrashuv oliy taʼlim muassasalari kutubxonalarining raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro tajribani joriy etish va mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi lozim.





