Palmer Laki SLAB dengiz platformasi suzuvchi maʼlumotlar markazidan «ancha zoʻr» ekanini aytdi
Oculus asoschisi Palmer Laki SLABni xizmat muddati 1 000 yilga moʻljallangan suzuvchi shahar-davlat loyihasi sifatida taʼrifladi. Uning soʻzlariga koʻra, platforma quruqlikdagi yerga qaraganda arzonroq boʻlishi kerak.

SLAB hozircha suzuvchi platforma haqidagi norasmiy reja sifatida mavjud. Laki ofislar, turar joy binolari, neftni qayta ishlash obyektlari va taxminlarga koʻra, maʼlumotlar markazi joylashadigan sunʼiy orolning dastlabki renderini taqdim etdi.
Rejaga koʻra, okeanning olis qismida joylashadigan inshoot suveren davlat maqomini oladi va oʻz qoidalarini oʻrnatishi mumkin boʻladi. Laki loyihani quruqlikdagi infratuzilmaga qaraganda arzonroq amalga oshirish va uning fikricha, metallurgiya, tibbiy tadqiqotlar va davolash, suvni chuchuklashtirish, neftni qayta ishlash hamda kimyoviy muhandislikka toʻsqinlik qiladigan shtatlar qonunlari va mahalliy hokimiyatlarga bogʻliq boʻlmaslik kerakligini aytdi.
Tadbirkor 2026-yil 18-noyabrdagi postida SLAB ustidagi ishlar sezilarli darajada ilgarilaganini, biroq loyihani amalga oshirishga hali ancha borligini maʼlum qildi. Uning aytishicha, jurnalistlar SLABni sunʼiy intellektga ega yangi suzuvchi maʼlumotlar markazi sifatida koʻrsatmoqchi boʻlgan savollaridan soʻng u loyiha ustidagi ishlar haqida gapirgan.





