Maktabga tayyorgarlik umumiy oʻrta taʼlim tizimida oʻtkazilishi mumkin
Parlamentga maktabga majburiy bir yillik tayyorgarlikni umumiy oʻrta taʼlim tizimiga oʻtkazish haqidagi qonun loyihasi kiritildi. Uni tegishli qoʻmita koʻrib chiqmoqda.

Ishlab chiqilgan qonun loyihasi «Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida» hamda «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Yangi normalar majburiy maktabga tayyorgarlikni maktabgacha va umumtaʼlim muassasalarida oʻtkazishni, shuningdek, bolalarning bunday tayyorgarlikdan oʻtish huquqini kafolatlashni nazarda tutadi.
Tashabbus maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimlarini birlashtirish, bolalarni tayyorlash sifatini oshirish hamda oʻrta taʼlimni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan. Hujjatda, shuningdek, oʻzgarishlar fuqarolarning xorijda taʼlim olishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishi mumkinligi koʻrsatilgan.
Hozir qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasida koʻrib chiqilmoqda. Hujjat qoʻmitalar va fraksiyalarda muhokama qilishga tayyorlanmoqda.
Yana oʻqing

Universitet kutubxonalarini raqamli transformatsiya qilish strategiyasi muhokama qilindi
Oʻqish13-noyabr, 17:40
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Oʻqish12-noyabr, 19:22


