Xiaomi Watch S5 41mm, Xiaomi Clip quloqchinlari va Xiaomi Smart Band 11 NFC jahon bozorida paydo boʻlmoqda
Xiaomi uchta qurilma — Watch S5 41mm, Clip va Smart Band 11 NFCʼning global ishga tushirilishini eʼlon qildi. Soat narxi €230 dan boshlanadi, quloqchinlar narxi esa €150.

Xiaomi Watch S5 41mm aqlli soatlari, Xiaomi Clip klipsli quloqchinlari va Smart Band 11 NFC bilaguzuklarining xalqaro bozorlarga chiqarilishini eʼlon qildi.
Watch S5 41mm OLED-ekran, yurak urishi va harorat datchiklari, uyquni kuzatish funksiyasi, 150 dan ortiq sport rejimini qoʻllab-quvvatlash, NFC va Google Wallet imkoniyatlariga ega. Energiya tejash rejimida ishlash vaqti 14 kungacha yetishi koʻrsatilgan. Soat qora va och koʻk ranglarda, shuningdek, keramik bezel va charm tasma bilan Ceramic White versiyasida taqdim etiladi.
Xiaomi Clip ochiq formatda ishlab chiqilgan boʻlib, har bir quloqchinning ogʻirligi 5,5 g. Quloqchinlarda uchta mikrofon, suyak orqali ovoz qabul qiluvchi mikrofon va sunʼiy intellekt asosidagi shovqinni bostirish tizimi qoʻllanadi. Ular LHDC 5.0 va IP57 himoyasini qoʻllab-quvvatlaydi hamda 9 soatgacha ishlashi mumkin. RingBox gʻilofi umumiy ishlash vaqtini 38 soatgacha uzaytiradi. Model narxi — €150.
Smart Band 11 NFC kontaktsiz toʻlovlar, yurak urishi, qondagi kislorod darajasi, stress va uyqu monitoringini qoʻllab-quvvatlaydi. Bilaguzuk silikon, keramik va metall korpusli versiyalarda taqdim etiladi. Shuningdek, unda iPhone kamerasini boshqarish va sahifalarni varaqlash funksiyalari mavjud.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


