Meta maxfiylikka oid eʼtirozlar sabab koʻzoynaklaridagi LED indikatorini oʻzgartirishi mumkin
Metaʼning aqlli koʻzoynaklar yoʻnalishi rahbari Devid Vudlendning oʻchirib yuborilgan posti LED indikatorining boshqa dizayni maxfiylikka oid eʼtirozlarni kamaytirishga yordam beradimi, degan savolni yana kun tartibiga olib chiqdi.

17 noyabr kuni Vudlend X tarmogʻida cat-eye shaklidagi Gentle Monster koʻzoynaklarining renderini eʼlon qildi, keyin esa uni oʻchirib yubordi. Tasvir Kylie Jenner bilan bogʻlangan Meta Starfire modelini eslatardi, biroq kompaniya vakili bu postga izoh bermadi.
Samsung koʻzoynaklarida, shuningdek, Googleʼning Warby Parker va Gentle Monster bilan hamkorlikdagi modellarida kamera indikatori boshqa tomondagi obyektivdan yaqqol farq qiladi. Meta koʻzoynaklarida esa bu elementlar simmetrik koʻrinadi, shu sababli kamerani payqash qiyinroq.
Soʻnggi ikki yil ichida kompaniya aqlli koʻzoynaklardan notoʻgʻri foydalanish holatlari sabab tanqidlarga duch keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda yozuv paytida yonishi kerak boʻlgan LED indikatorini oʻchirib qoʻyish holatlari muhokama qilindi. Bunga javoban Meta indikator ishiga aralashilganida kamerani oʻchiradigan yangilanishlarni chiqardi.
Yozda kompaniya Ray-Ban va Oakley brendlarisiz oʻz modellarini taqdim etdi. Ularning ayrimlari Ray-Ban koʻzoynaklaridan arzonroq, boshqalarida esa Kylie Jenner va LISA nomlaridan foydalanilgan. Maqola muallifining fikricha, kameradan yaqqol ajralib turadigan LED qurilmani kamroq shubhali koʻrsatishi mumkin edi, biroq Meta hozircha bunday dizayn yangilangani haqida eʼlon qilmagan.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


