Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Take-Two sobiq rahbari: AI oʻyinlariga «Oʻyinchoqlar tarixi»dek xit kerak

Take-Two sobiq bosh direktori Ben Federning fikricha, AI yordamida yaratilgan muvaffaqiyatli oʻyin Gʻarb auditoriyasini bu texnologiyani qabul qilishga ishontirishi mumkin.

19-noyabr, 18:50По-русски

Read in English

ign.com

Bu haqda Tirta Ventures venchur fondining boshqaruvchi hamkori Ben Feder The Game Businessʼga aytdi. Uningcha, oʻyinlardagi generativ AI kuchli jihatlarini koʻrsatib, ommaviy xitga aylanadigan loyiha paydo boʻlmaguncha qarshilikka duch keladi.

Feder vaziyatni qoʻlda chizilgan animatsiyadan kompyuter animatsiyasiga oʻtishga qiyosladi. Dastlab tomoshabinlar yangi texnologiyaga shubha bilan qaradi, ammo «Oʻyinchoqlar tarixi» chiqqach, u keng eʼtirof etildi: Pixar kompyuter grafikasidan foydalanish bilan birga unga mos syujet tanladi. Federningcha, shunday muvaffaqiyat AI yordamida yaratilgan oʻyinlarga munosabatni oʻzgartirishi mumkin. U Sharq auditoriyasi bunday mahsulotni allaqachon qabul qilganini qoʻshimcha qildi.

Tirta Ventures AIʼdan foydalanishga moʻljallangan oʻyinlar va platformalarga qiziqadi. Fond jamoasi oʻyin oʻynash, kontent yaratish va raqamli muhitda muloqot usullarini oʻzgartiradigan texnologiyalarni izlaydi.

Take-Two rahbari Strauss Zelnick avvalroq AIʼni foydali vosita deb atab, kompaniya ishida odamlar markazda qolishini taʼkidlagan. Uning soʻzlariga koʻra, xodimga AIʼning oʻzi emas, balki undan foydalanishni biladigan odam tahdid solishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media