Zelda remeyki AQShda yilning eng koʻp sotilgan jismoniy oʻyini boʻldi
The Legend of Zelda: Ocarina of Time remeyki AQShda yilning jismoniy nusxalarda eng koʻp sotilgan oʻyiniga aylandi. Birinchi haftada uning milliondan ortiq nusxasi sotildi.
18-noyabr, 12:22По-русски

ixbt.com
Oʻyin Nintendo chiqargan Switch 2 loyihalari orasida ham eng tez sotilgan boʻldi. AQShdagi aniq savdo koʻrsatkichi oshkor qilinmagan, biroq yetti kunda 1 mln nusxadan oshdi.
Bu 2023 yilda The Legend of Zelda: Tears of the Kingdom chiqqanidan keyingi birinchi shunday holat: AQShda jismoniy oʻyin birinchi haftada 1 mln nusxadan ortiq sotildi.
Dunyo boʻylab remeykning dastlabki toʻrt kunida 5,2 mln nusxasi sotildi. Oʻsha paytga kelib, Switch 2 egalarining taxminan har beshinchisi oʻyinni sotib olgan edi.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


