Oppo AMOLED ekranli va yetti kungacha ishlaydigan Watch 5’ni taqdim etdi
Oppo Xitoyda toʻgʻri burchakli AMOLED ekranli, zaryadlar orasida yetti kungacha ishlaydigan Watch 5 aqlli soatini taqdim etdi.

Xitoyda Oppo kompaniyasi fitnesga yoʻnaltirilgan Watch 5 aqlli soatini taqdim etdi. Bu Oppoʻning uzoq tanaffusdan keyingi toʻgʻri burchakli ekranli ilk modeli.
Soat 390×450 piksel aniqlikdagi 1,85 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekran Gorilla Glass 5 oynasi bilan himoyalangan, korpusning oʻrta qismi esa alyuminiydan tayyorlangan. Qurilmaning tasmasiz ogʻirligi 25 grammni tashkil etadi.
Watch 5 ColorOS Watch operatsion tizimida ishlaydi. Soatda Bluetooth, NFC, ichki GPS qabul qilgichi va Xiaobu ovozli yordamchisidan foydalanish imkoniyati bor. Xitoyda NFC orqali AliPay va WeChat Pay yordamida toʻlov qilish mumkin.
Qurilma teri harorati, yurak urish tezligi, qondagi kislorod darajasi, uyqu, stress va jismoniy faollikni kuzatadi. Mashgʻulotlar uchun 100 dan ortiq rejim mavjud. Soat suv va changdan himoyalangan, shuningdek, suzish uchun mos.
Akkumulyator sigʻimi 351 mA·soatni tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchi zaryadlar orasida yetti kungacha ishlashini maʼlum qilgan.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


