Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

«Lenovo Googlebook Duet 13» haqidagi sizdirilgan maʼlumot yanvarda taqdim etilishiga ishora qilmoqda

Internetda 13 dyuymli ekranga ega, ajratib olinadigan Lenovo qurilmasining yangi tasvirlari paydo boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qurilma yanvar oyida taqdim etilishi kutilmoqda.

16-noyabr, 18:37По-русски

Read in English

9to5google.com

Tasvirlarda planshet, klaviatura va magnit yordamida qurilmaning yuqori qirrasiga mahkamlanadigan hamda dok-stansiyada quvvatlanadigan stilus koʻrsatilgan.

Klaviatura kichik trekpad, pastki qismi yumaloqlangan tugmalar va Ctrl tugmasi ostidagi «Googlebook» yozuviga ega. Uning oʻng chetida fizik oʻzgartirgich koʻrinadi. Qurilma korpusida ikkita USB-C ulagichi joylashgan: ulardan biri oʻng yuqori qirrada, ikkinchisi esa chap tomonda, pastki qismda. Quvvat tugmasi chap tomonga oʻrnatilgan.

Ajratib olinadigan orqa qopqoq taglik vazifasini bajaradi. Tasvirlarga qaraganda, u magnit bilan mahkamlanadi va diagonal boʻylab buklanadi. Qopqoqda yirik Lenovo logotipi koʻzga tashlanadi. Orqa kamera yonida Glowbar joylashgan.

Yanvar oyida taqdim etilishi kutilayotgan qurilma CES 2027 koʻrgazmasidagi eʼlon bilan bir vaqtga toʻgʻri kelishi mumkin. Soʻnggi haftalarda Google Googlebook qurilmalaridagi xatolarni tuzatish va ularni yaxshilash bilan ham shugʻullandi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media