Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

NVIDIA RTX 5000 videokartalari yetkazib berilishini sezilarli qisqartiradi — OAV

NVIDIA Board Channels forumi maʼlumotiga koʻra, oʻyin videokartalari yetkazib berilishini 2026-yil noyabridan 2027-yil yanvarigacha 20–30 foizga qisqartiradi. Bu avvalo RTX 5000 videokartalariga taʼsir qiladi.

26-noyabr, 14:16По-русски

Read in English

championat.com

Ishlab chiqaruvchi, aytilishicha, hamkorlarini yetkazib berishlar kelgusida kamayishi haqida allaqachon ogohlantirgan. Cheklovlar 2026-yil noyabridan 2027-yil yanvarigacha amal qiladi, asosiy taʼsir RTX 5000 seriyasi videokartalariga toʻgʻri keladi.

NVIDIA mahsulotlarini Xitoy bozori uchun yetkazib berish, forum maʼlumotiga koʻra, uchinchi chorakdayoq cheklana boshlagan. Kompaniya bu maʼlumotga rasman izoh bermadi.

Avvalroq NVIDIA distribyutorlarga RTX 3050 va RTX 3060 savdosiga eʼtibor qaratishni tavsiya qilgani xabar qilingandi. Ayrim ishlab chiqaruvchilarda RTX 50 videokartalari zaxirasi ham tugab borayotgan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media