Germaniya va Avstriya TikTokning Yevropadagi biznesini mahalliy investorlarga berishni taklif qildi
Germaniya va Avstriya AQSh choralariga oʻxshash tarzda TikTokni Yevropadagi faoliyatiga mahalliy egani topishga majburlashni taklif qildi. Yevrokomissiya yordamisiz majburiy sotuv hozircha ehtimoldan yiroq.

Bu taklif ikki davlatning qoʻshma bayonotida ilgari surildi. Germaniya va Avstriya Pekin bilan aloqalar hamda Xitoyning millionlab yevropalik foydalanuvchilar maʼlumotlariga kirishi bilan bogʻliq xatarlarni kamaytirish uchun Yevropa Ittifoqidagi amaldagi nazorat mexanizmlari yetarli emas, deb hisoblaydi.
TikTok bu xavotirlar asossiz ekanini bildirdi. 2025 yilda Yevropa Ittifoqi bosh kompaniya ByteDanceʼni foydalanuvchilar maʼlumotlarini Xitoyga noqonuniy uzatgani uchun 530 mln yevroga jarimaga tortdi. Bundan ikki yil avval kompaniya bolalarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish talablarini buzganlik uchun yana 345 mln yevro jarimaga tortilgandi.
Oʻtgan yili AQShda qabul qilingan choralarga oʻxshash tarzda, TikTokning Yevropadagi faoliyatini mahalliy investorlarga topshirish talab qilinishi mumkin. Oʻtgan yili ByteDance TikTokning AQShdagi boʻlinmasidagi nazorat paketini Oracle Corp., Silver Lake Management LLC va Abu-Dabidagi MGX ishtirokidagi konsorsiumga sotdi. Germaniya va Avstriya tashabbusi hozircha amalga oshishidan ancha uzoq: TikTok ixtiyoriy ravishda sotishga rozi boʻlmasa, uni amalga oshirish qiyin.





