Flipper One — Ethernet va Wi-Fi 6Eʼga ega choʻntak Linux-kompyuteri
Flipper Devices Kickstarterʼda kampaniya boshladi: Flipper Oneʼga 399 dollar evaziga buyurtma berish mumkin, xaridorlarga joʻnatishni esa 2027-yil iyulida boshlash kutilmoqda.

Flipper One — Linux asosidagi choʻntak kompyuteri boʻlib, kompaniya uni yuqori unumli hisoblashlar va IP-tarmoqlar uchun moʻljallangan multitool sifatida taqdim etmoqda. Bu alohida mahsulot, Flipper Zeroʻning vorisi emas.
Qurilma NPU va GPUʼga ega sakkiz yadroli ARM RK3576 protsessori bilan jihozlangan. Interfeyslar qatoridan ikkita gigabit Ethernet porti, PCIe, SATA va USB 3.0, shuningdek, Wi-Fi 6E qoʻllab-quvvatlashi oʻrin olgan. M.2 slotiga turli modullarni, jumladan, 5G-modem va mesh-tarmoqlar uchun LoRa radiomodulini oʻrnatish mumkin.
Flipper One ochiq proshivkaga ega Debian Linux asosidagi Flipper OS operatsion tizimida ishlaydi. Foydalanuvchilar qurilma uchun oʻz ilovalari va vositalarini ishlab chiqishlari mumkin. Kompyuterni USB-C yoki HDMI orqali tashqi displeyga ulash mumkin; kompaniya undan tarmoqlarni diagnostika qilish va televizorda media kontentini namoyish etish uchun foydalanish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


