Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Anthropic rahbari Dario Amodei AIga insoniyat qarorlari ustidan nazorat berishni qoʻllab-quvvatlamasligini aytdi. U texnologiya ustidan demokratik nazoratni yoqladi.

Bayonot kompaniya ichida AI odamlardan ustun boʻlgan vazifalarda, masalan, dori-darmonlarni izlashda, vakolat olishi kerak degan goʻyoki qarash borligi haqidagi xabarlardan keyin yangradi. Amodei boshqaruvni sunʼiy intellektga berishni yomon gʻoya deb atadi va alohida vazifalarni avtomatlashtirishni global boshqaruv bilan aralashtirmasligini taʼkidladi.
Unga koʻra, AI avtomobilni mustaqil boshqarishi, saraton kasalligiga qarshi dorilar ishlab chiqishi yoki dasturiy taʼminot yaratishi mumkin. Bunday vazifalarni keng koʻlamda bajarish iqtisodiy naf keltirib, tibbiyot, transport, energetika va boshqa sohalarning rivojlanishini tezlashtirishi mumkin, ammo ayrim hollarda xavflar foydadan ustun kelishi ehtimoli bor.
Evitable asoschisi David Krueger Anthropic inson nazorati yoʻqolishidan chindan xavotirda boʻlsa, ilgʻor modellarni ishlab chiqishni vaqtincha toʻxtatib turishi kerak, deb hisoblaydi. U bunday ishlanmalarga darhol xalqaro moratoriy joriy etishga chaqirdi.
Ayni paytda AGI boʻyicha bosh olim va Google DeepMind hammuassisi Shane Legg 2028-yilgacha «minimal» umumiy sunʼiy intellekt paydo boʻlishi ehtimolini 50 foizdan yuqori deb baholadi. Metaʼning AI boʻyicha direktori Alexander Wang superintellekt allaqachon yaqinlashayotganini aytdi. AGI va ASI uchun umumqabul qilingan taʼrif hali yoʻq.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Sunʼiy intellekt10:52
Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Sunʼiy intellekt10:49


