ByteDance Meta Muse bilan raqobatlashish uchun AI-agent ishlab chiqarmoqda
ByteDance yaqin haftalarda taqdim etilishi mumkin boʻlgan va Meta Museʼga oʻxshash vazifani bajaradigan AI-assistentni tayyorlamoqda, deb xabar berdi Bloomberg.

ByteDance Metaʼning AI-agenti Muse bilan raqobatlashish uchun assisent ishlab chiqarmoqda. Bloomberg boʻlajak mahsulotning nomi va funksiyalariga aniqlik kiritmagan, biroq u Museʼga oʻxshash vazifani bajarishini yozgan.
Museʼdan allaqachon 10 mln dan ortiq foydalanuvchi foydalanmoqda. Meta bosh direktori Mark Zuckerberg avvalroq agent kompaniyaga uning amaldagi ilovalar oilasiga qaraganda har bir foydalanuvchidan koʻproq daromad keltirishi mumkinligini taxmin qilgan. Meta shuningdek, Museʼni AI-koʻzoynaklar bilan bogʻlamoqda va u uchun alohida «charm»ni namoyish etgan.
Hozircha ByteDance oʻz mahsulotini kompaniyaning qurilmalariga integratsiya qilmoqchimi yoki yoʻqmi, nomaʼlum. Assistent kompaniyaning ilgʻor AI-tizimlarini ishlab chiquvchilar bilan raqobatlashishga qaratilgan kengroq strategiyasining bir qismiga aylandi. ByteDance hammuassisi Zhang Yiming yaqinda xodimlarga kompaniyaga ilgʻor AI-tizimlarini ishlab chiquvchilarga yetib olish uchun kamida 2029 yoki 2030 yilgacha vaqt kerak boʻlishi mumkinligini aytdi.
Hozirda ByteDance bu sohada, avvalo, Seedance videogeneratori bilan tanilgan. Uning yordamida yaratilgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda virusdek tarqaldi, shundan soʻng ular AQSh kinostudiyalarining huquqiy eʼtiborini tortdi. Yangi agentning ehtimoliy ishga tushirilishi maʼlumotlar maxfiyligi va bunday xizmatlarning shaxsiy maʼlumotlarga kirishining maqbul darajasi haqidagi savollarni ham kuchaytirishi mumkin. ByteDance izoh soʻroviga zudlik bilan javob bermadi.





