VKontakte va VK Video verifikatsiya qoidalarini oʻzgartirdi: koʻk belgi endi qulayroq
VKontakte va VK Video verifikatsiyani kengaytirdi: koʻk belgini platformalarini yaqinda rivojlantira boshlagan ommaviy ekspertlar va brendlar ham olishi mumkin.

Platformalar jamoalari akkauntlarni tasdiqlash qoidalarini yangiladi. Soʻnggi uch oy ichida platformalardan kamida bittasida hech boʻlmaganda bitta dolzarb nashri boʻlgan original kontent mualliflari ariza berishi mumkin.
Ariza beruvchi ommaga tanilganini ham tasdiqlashi kerak. Bunda OAVdagi eslatmalar, boshqa platformalardagi verifikatsiya va kasbiy yutuqlar hisobga olinishi mumkin.
Koʻk belgi qidiruvda ustunlik beradi: tasdiqlangan hamjamiyatlar va videokanallar boshqalardan yuqoriroqda koʻrsatiladi. Bu maqom tavsiyalar algoritmlarida ham hisobga olinadi va nashrlar koʻrinishini oshirishi mumkin. Keyinchalik tasdiqlangan mualliflar soni oshgani sari bu taʼsirni kontentning boshqa formatlariga ham tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
Arizani VKontakteʼdagi shaxsiy profil yoki hamjamiyat sozlamalari, shuningdek VK Video muallif kabineti orqali yuborish mumkin. Maʼqullangach, belgi darhol ikkala platformada ham paydo boʻladi.





