Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Sharh: Asus ProArt P16 mahalliy sunʼiy intellekt kelajagi haqida tasavvur beradi

Nvidia RTX Spark chipiga ega Asus ProArt P16 sunʼiy intellekt modellarini bevosita noutbukning oʻzida ishga tushirish uchun moʻljallangan. 128 GB xotirali yuqori konfiguratsiya $7 000 turadi

24-noyabr, 11:18По-русски

Read in English

arstechnica.com

Modelning asosiy jihati — protsessor va Blackwell grafikasi uchun yagona xotira. Maksimal konfiguratsiyada u 100 mlrd parametrdan ortiq modellarni yuklash imkonini beradi, biroq Windows sunʼiy intellekt uchun foydalanish mumkin boʻlgan xotira hajmini taxminan 110 GB bilan cheklaydi.

Noutbuk oddiy ish, oʻyinlar va professional vazifalar uchun ham moʻljallangan. Unda 120 Gts yangilanish chastotasiga ega OLED-ekran, uchta USB-C porti, USB-A, HDMI, quloqchinlar uchun ulagich va SD-kartalarni oʻqish qurilmasi bor. Quvvatlagich USB-C orqali ulanadi va 140 Vt quvvatga ega.

Asus maʼlumotlariga koʻra, bir marta quvvatlanganda batareya koʻpi bilan 12 soat ishlaydi, biroq aralash yuklama va sunʼiy intellekt bilan ishlashda avtonomlik pastroq boʻladi. Sinovda toʻliq ish kuni va modellar bilan oʻtkazilgan tajribalardan soʻng qurilmada taxminan 30 foiz quvvat qolgan.

Nvidia va Asus RTX Spark kuchli modellarni maʼlumotlarni bulutga yubormasdan va pulli tokenlarni sarflamasdan mahalliy ravishda ishga tushirish imkonini beradi, deb hisoblaydi. Bunda bunday tizimlarni sozlash va boshqarish bilan foydalanuvchining oʻzi shugʻullanishiga toʻgʻri keladi. Windows mahalliy agentlarni ishga tushirishni osonlashtiradi, biroq ularni oʻrnatish va ishlatish sinovdan oʻtkazishni talab qiladi hamda har doim ham muammosiz kechmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media