Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

OpenAI yangi GPT-6.2 Astra va Sol flagman modellarini taqdim etdi

OpenAI murakkab vazifalar uchun GPT-6.2 Astra, kundalik ish uchun esa Sol modelini taqdim etdi. Har ikki model Plus, Pro, Enterprise va Edu obunachilariga allaqachon ochiq.

18-noyabr, 15:05По-русски

Read in English

Kompaniya ikki modelni chiqardi: Astra oʻta murakkab vazifalar uchun yechim, Sol esa kundalik ishlar uchun universal variant sifatida taqdim etilgan. OpenAI maʼlumotiga koʻra, ular vazifalarni yaxshiroq bajaradi va kamroq resurs talab qiladi.

Astraʼda hujjatlar, jadvallar va taqdimotlar yaratish yaxshilandi: ishlab chiquvchilar bahosiga koʻra, bunday materiallar sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan materiallarga kamroq oʻxshaydi, kod esa tozaroq boʻldi. Model ilmiy vazifalar, modellashtirish va kiberxavfsizlik boʻyicha ham natijalar koʻrsatdi.

Agents’ Last Exam testida Astra 77,6% natijaga $4,47 xarajat bilan erishdi. Taqqoslash uchun, GPT-6 Astra 73,1% natija koʻrsatdi, xarajat esa $8,99 boʻldi. Kompaniya aytishicha, Sol tarif limiti doirasida koʻproq vazifani bajarish va aniqroq, tabiiyroq muloqot uslubini qoʻllab-quvvatlash imkonini beradi.

APIʼda Astra tariflari 1 mln kiruvchi token uchun $8, 1 mln keshlangan kiruvchi token uchun $0,4 va 1 mln chiquvchi token uchun $40 etib belgilangan. Sol uchun bu narxlar besh baravar past: mos ravishda $2, $0,1 va $10. Ultrafast rejimi ikkala model bilan Pro 500’da, faqat Sol bilan esa Pro 200’da mavjud.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media