NVIDIA 50 000 dan ortiq CUDA yadroli Rubin HPCʼni taqdim etdi
NVIDIA fan, muhandislik va tahlil uchun simulyatsiya hamda maʼlumotlarni qayta ishlovchi Rubin HPC GPUʼsini taqdim etdi. Chiqarilishi 2028-yilda kutilmoqda.

Yangi tezlatkich NVIDIA Vera Rubin platformasiga qoʻshiladi. U tadqiqotchilar va muhandislar materiallar, molekulalar hamda konstruksiyalarni tekshirish uchun simulyatsiyalardan foydalanadigan vazifalarga moʻljallangan. Kompaniya bayonotiga koʻra, Rubin HPC gipotezadan hisob-kitoblarga va keyingi qadamlarni tanlashga oʻtishni tezlashtirishga yordam beradi.
Bitta GPUʼda 50 000 dan ortiq CUDA yadrosi boʻladi — bu NVIDIA uchun rekord koʻrsatkich. Chipda siyrak maʼlumotlar bilan ishlashni tezlashtiruvchi texnologiya ham koʻzda tutilgan; u hisoblash yadrolarining bandligini taʼminlashi kerak. Tezlatkichlar oʻrtasidagi aloqa uchun NVIDIA NVLinkʼning yettinchi avlod interkonnektidan foydalaniladi.
Kompaniya Rubin HPCʼni muvozanatli arxitekturaga ega GPU sifatida taʼriflamoqda: hisoblash resurslari va maʼlumotlarni uzatish birgalikda masshtablanadi. Bu simulyatsiya va tahlildagi odatiy amallarni, jumladan siyrak matritsalar bilan ishlash, stencil hisoblashlari, saralash va konvolyutsiyalarni tezlashtirishi kerak.
Tezlatkich iqlimni modellashtirish, muhandislik hisob-kitoblari, genom tahlili va moliyaviy xatarlarni baholash ssenariylariga moʻljallangan. U bilan birga agent tizimlari uchun algoritmlarning optimallashtirilgan koʻrinishlarini oʻz ichiga olgan NVIDIA CUDA-X kutubxonalaridan foydalanish mumkin boʻladi. Rubin HPC 2028-yilda foydalanish uchun taqdim etilishi kutilmoqda.





